"Real" "Negreyra ishi" deb ataluvchi mojaro doirasida "Barselona"ga qarshi hujjatlarni UYEFAga taqdim etdi. Endi Yevropa futbol tashkiloti ushbu materiallarni tergov doirasida o‘rganib chiqadi.
AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Real" UYEFAga juda katta hajmdagi hujjatlar to‘plamini — qariyb 50 ming sahifani yuborgan.
Gap "Barselona" tomonidan Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga amalga oshirilgan to‘lovlar haqida ketmoqda.
Tekshirilayotgan davr 2001 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar shu 17 yil ichida Negreyraga jami 8,4 million yevro to‘lagan.
Qayd etilishicha, "Real" "Barselona"ni "Negreyra ishi" bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgan davrda qo‘lga kiritgan barcha sovrinlaridan mahrum qilishni talab qilgan.