Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Rayhon she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani uchun jarimaga tortildi

Rayhon she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani uchun jarimaga tortildi

Xonanda Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Abdussamiy taxallusi bilan tanilgan shoir Shohrux Abduvohidovga tegishli “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” nomli she’rlari muallifning ruxsatisiz ijro etilgani holati yuzasidan huquqiy chora ko‘rilishini so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

O‘rganish mobaynida taniqli ijodkorlar Rayhon G‘aniyeva ijrosidagi “Yaxshimasmi” hamda “Sahar” guruhi solisti Anvar Jo‘rayev tomonidan ijro etilgan “Ertaga boramizmi” nomli qo‘shiqlarining she’rlari, bastakor Shahboz Nosirjonov tomonidan muallif ruxsatisiz foydalangani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnabod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida — 750 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 09:03 20.04.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!