Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Gentra'da bir nechta mashinalarni urib, shikastlagan mast ayol ushlandi

Gentra'da bir nechta mashinalarni urib, shikastlagan mast ayol ushlandi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda qora rangli, davlat raqami belgisiz Gentra avtomobili haydovchisi mashinani poytaxt ko‘chalarida qoidalarni buzib, bir nechta avtomobillarga texnik shikast yetkazgan holda boshqarib yurgani va YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay ketgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur avtomobil haydovchisi va undagi yo‘lovchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, avtomobil rulida bo‘lgan ayol haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan. Avtomobil esa uning old o‘rindig‘ida o‘tirgan erkakka tegishli bo‘lgan.

"Haydayotgan vaqtim rulni uyoqdan buyoqqa burib tashladi. To‘xtama dedi (old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan erkak — tahrir). Mashina ko‘p edi, shunga dovdirab qoldim. Boshqa bunday ish qilmayman", - dedi rul boshqaruvidagi ayol.

Old yo‘lovchi o‘rindiqda o‘tirgan erkak o‘zini avtomobil egasi ekanini ma’lum qilgan. Ammo, mashina uning otasining nomida bo‘lgan. Aniqlanishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda u giyohvandlik moddasi ta’sirida bo‘lgan.

""Gashish" moddasi edi. Telegram orqali Yakkasaroy tumanida oldim va uni iste’mol qildim. Rulda haydasam bo‘ladimi dedi, men rulni berdim. Shundan so‘ng, shunday "DTP" bo‘lib qoldi. Yo‘lda Damas’ni urvordik. Undan so‘ng Sobirahimov "most"ida qizilda qolib ketdik. Keyin, ortga qaytib, qarama-qarshi yo‘nalishda qaytdik. 5-6 ta avtomobilni "DTP" qildik. Jabrlangan haydovchilardan ham kechirishlarini so‘rayman. Boshqa bunday ish qaytarilmaydi", - deydi erkak.

Voqea natijasida, bir nafar haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil salonida yana uch nafar ayollar ham bo‘lgan. Ularning aytishicha, o‘sha kuni kechqurun bayram qilishgan va unda spirtlik ichimligi iste’mol qilishgan.

Holat yuzasidan JKning 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 13:30 20.04.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!