Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ravshan Irmatov Kanada elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ravshan Irmatov Kanada elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov Kanada davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Daggan boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Kanada tomoni O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026-yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangani bilan tabrikladi.

Tomonlar kelgusida O‘zbekiston va Kanada yoshlar terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, ikki davlat futbol mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, viza masalalari ham muhokama qilindi.

Mehmonlar yaqinda foydalanishga topshirilgan Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishib, markazda yaratilgan sharoitlar va zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Kiritildi: 23:36 27.11.2025. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!