Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rasul Kusherbayev “yil jinoyati” haqida gapirdi

Rasul Kusherbayev “yil jinoyati” haqida gapirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev qonunchiligimizda arzimagan harakatlar uchun ham shartta jinoiy javobgarlikka tortish holatlari, afsuski, haliyam borligi haqida fikr bildirdi: 

To‘g‘risi Andijon shahridagi “Registon” saylgohida drondan ruxsatnomasiz foydalanib, klip olmoqchi bo‘lgan operatorning salkam “yil jinoyatchisi”ga aylanib qolgani haqida o‘qib na kulishni na yig‘lashni bilmaysan. 
 
Sababi har qanday harakatning huquqiy oqibatiga qarab javobgarlik belgilanishi kerak. Va men shu kunga qadar drondan foydalanishning jamiyat va davlat uchun qanday og‘ir oqibat olib kelishi mumkinligini tushunmaganman. Ruxsat olsa xavfsiz, ruxsat olmasa xavfli. Xuddiki avtomobillar “tonirovka”si kabi: pulini to‘lasang xavfsiz haydovchisan, to‘lamasang xavfli haydovchi. 
 
Bunda tengsizlik tugab, tenglik bo‘lishining mohiyati shundaki, yangi yil kechasida Toshkentda odamlar ustida uchgan “dronlar shousi” davlat va jamiyat uchun hech qanday xavf tug‘dirmadi, deb qaralgani kabi klip olish uchun drondan foydalanishning oqibati ham o‘sha “dronlar shousi” kabi baxolanishi kerak. Chunki mohiyatan bitta holatga ikkita ko‘z bilan qo‘shstandart uslubida qarash adolatsizlik, deb tushuniladi.
 
Oddiy aytganda xatto jarima solishga ham tormaydigan bu kabi jazolarni jinoyat qonunchiligidan butunlay chiqarish va nari borsa ma’muriy tartibdagi javobgarlikka o‘tkazish vaqti allaqachon yetib kelgan. Bu gapim mantiqsiz “tonirovka” chekloviga tegishlimas, uni butunlay bekor qilish kerak. 
 
Tan olaman: dron masalasida javobgarlikni jinoyat darajasida belgilashda biz deputatlarning hissasi katta, chunki istab-istamay bunga qachonlardir o‘zimiz ovoz berganmiz. Biroq o‘sha vaqtning talabi va zarurati nima bilan bog‘liq bo‘lganini hozir bilmayman. Bugun esa bu – bugun.

Kiritildi: 00:01 24.05.2020. O'qildi: 9466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!