Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rasmiylar Olimpiadaga jo‘nab ketayotgan futbolchilarimizga omad tilashdi

Rasmiylar Olimpiadaga jo‘nab ketayotgan futbolchilarimizga omad tilashdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Fransiyaga yo‘l oladi. Kecha Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati mas’uliyatli safar oldidan jamoamiz bilan uchrashib, yigitlarimizga oq yo‘l tilashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, mamlakat futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etishdi.

Rasmiylar o‘zbek sportida tarixiy yo‘llanmaga sazovor bo‘lgan jamoamizdan bo‘lajak Olimpiadada ham ulkan g‘alabalar kutishlarini, buning uchun davlatimiz barcha sharoitni yaratib berishini ta’kidlashdi. O‘z navbatida, bosh murabbiy Timur Kapadze ham jamoa Fransiyaga faqat va faqat Olimpiada medallari uchun yo‘l olayotgani, yigitlar barcha o‘yinda bor imkoniyatlarini ishga solishlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchilarimiz Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklarini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi bahs bilan boshlashadi. Ungacha jamoamiz 15 iyul kuni Gvineya, 18 iyulda esa Yangi Zelandiya qarshi ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

Kiritildi: 09:55 11.07.2024. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!