The Guardian gazetasi xabar berishicha, bir guruh amaldorlar maktubiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Isroil tomonidan G‘azoda yuzaga keltirilgan fojiali insonparvarlik holatiga javoban "deyarli hech qanday samarali chora ko‘rmagan".
Evropa Ittifoqi xodimlarining Tinchlik uchun maktubida aytilishicha, 27 a’zodan iborat blokning "harakatsizligi" "ayni paytda G‘azo sektoriga keng ko‘lamli hujum qilishga olib kelgan javobgarsizlik muhitiga hissa qo‘shgan", deb yozadi Britaniya gazetasi.
Evropa Ittifoqi tashkilotlarida, jumladan Yevropa Komissiyasida ishlovchi amaldorlar bir yil oldin ham shunga o‘xshash maktub yozgan edilar.
O‘shanda ular G‘azoda yuz berayotgan o‘lim va vayronagarchilikka befarq qarab turish Ikkinchi jahon urushi dahshatlaridan so‘ng ko‘zlangan "Evropa loyihasini barbod qilish" bo‘lishini ta’kidlashgan edi.
So‘nggi maktub Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas blok Isroil bilan savdo shartnomasini qayta ko‘rib chiqishini aytganidan bir hafta o‘tib keldi.