Rossiya prezident Vladimir Putin bugun 2025 yilning sentyabr oyidan boshlab Rossiyadagi migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etilishi, ilgari amalda bo‘lgan bojlar qiymati esa oshirilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Mazkur qonunga ko‘ra, 1 sentyabrdan boshlab, chet el fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish uchun 500 rubl (6 dollar), vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish uchun 1 ming rubl (12 dollar) miqdorida boj joriy etiladi.
Shuningdek, patent berish yoki uni qayta rasmiylashtirish uchun 4,2 ming rubl (50 dollar) miqdorida boj amal qila boshlaydi. Ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun migrantlar 4,2 ming rubl (50 dollar), uning dublikatini berish yoki ruxsatnomaga tuzatishlar kiritish uchun esa 2,1 ming rubl (25 dollar) to‘lashi kerak bo‘ladi.