Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rasmiy Pekinning Baydenni tabriklashi ortida nima yotibdi?

Rasmiy Pekinning Baydenni tabriklashi ortida nima yotibdi?

Uzoq davom etgan jimlikdan keyin nihoyat Xitoy Jo Baydenning prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklamoqda, deb yozadi BBC.

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Venbin o‘z tabrigida «biz amerikaliklarning tanlovini hurmat qilamiz va janob Bayden va Xarris xonimga o‘z tabrigimizni yo‘llaymiz» mazmunida tabrik xati yo‘lladi.

Odatda, hukumat rahbarlarining bunday tabriklari pafos va xursandchilikka boy bo‘lsa-da, Xitoy mulozimlarining tabrigi quruq va soddaligi  Xitoy hukumati rahbari Si Szinpin saylov natijalarini e’tirof etishdan boshqa yo‘li qolmagani bilan izohlanadi.

Tabrikdan avval Van Venbin AQShdagi saylovlar borasida «natijalarni saylov ko‘rsatadi, belgilab beradi» degan bayonotlar bilan izohlab kelgan va Jo Baydenning prezident sifatida g‘olibligini istamayotganini ko‘rsatgan edi. Nega? Bayden, Tramp tashqi siyosatida farqli ravishda, NATOdagi hamkorlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. U Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda Xitoyning YEIda amalga oshirmoqchi bo‘lgan siyosatiga zarba berishi mumkin.

Rasmiy Pekin Baydenga tabrik xati yuborgan ekan, demak, Xitoyning Baydenning saylovda g‘olib bo‘lganini e’tirof etishdan boshqa yo‘li qolmagan ko‘rinadi. Har doimgidek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat AQSh va Xitoy uchun, balki dunyoning boshqa davlatlari uchun ham muhim hisoblanadi.

Tramp davrida AQSh va Xitoy munosabatlari savdo urushlari natijasida ancha zarar ko‘rdi, orqaga ketdi. Tramp COVID-19 pandemiyasini «Xitoy virusi» deb nomlab, Xitoyni kamsitdi. Qo‘shimcha tarzda, Xitoyning Gonkong va Tayvanga, Shinjondagi uyg‘urlarga nisbatan agressiv siyosati ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni sovib ketishiga olib keldi.

Hozirgi savol esa quyidagicha: Bayden hokimiyat tepasiga kelgach Xitoyga nisbatan qanday siyosat yuritadi degan savol bo‘lmoqda. Ayrim siyosiy ekspertlar Bayden Xitoyga nisbatan ancha vazmin siyosat yuritajagi va bu Xitoy hamda Rossiya munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi haqida gapirmoqda. Hozircha prezident Tramp, Baydenning prezidentlik vakolatini qo‘lga kiritishiga bir oydan ortiq vaqt bor.

Kiritildi: 15:02 15.11.2020. O'qildi: 2796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!