Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan xodim tizimdan bo‘shatildi

A A A
Fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan xodim tizimdan bo‘shatildi

Joriy yilning 9-iyun kuni jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektori S.Eshonqulov soat 22:00 larda Samarqand shahar Dahbet ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganligini ko‘rib, ularni 6-son IIBga olib borib, ularning sodir etgan qilmishini rasmiylashtirishi davomida, profilaktika inspektori va ushbu shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqarolarga nisbatan (ulardan biri ayol) amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, profilaktika inspektori S.Eshonqulov ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan.

Kiritildi: 19:58 11.06.2024. O'qildi: 2956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!