Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rasman: O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi legionerga aylandi!

Rasman: O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi legionerga aylandi!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Akmal Mozgovoy BAAning «Baniyas» jamoasi futbolchisiga aylandi.

2024 yilgi mavsumda "Superliganing eng yaxshi futbolchisi" deb e’tirof etilgan Akmal Mozgovoy Birlashgan Arab Amirliklari klubiga transfer qilindi.

«Nasaf» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Akmal qarshiliklar safida samarali faoliyat olib bordi. U jamoa bilan birga 3 marotaba O‘zbekiston Kubogi, 3 marotaba Superkubokni, bir martadan Superliganing bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Eng muhimi, o‘tgan mavsumda Akmal «Nasaf» tarixidagi ilk O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishda muhim hissa qo‘shdi.

"Jamoamizga unutilmas lahzalarni taqdim etgani, fidoyiligi va sadoqati uchun Akmal Mozgovoyga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Klubimizning barcha a’zolari va minglab muxlislarimiz nomidan unga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va omad tilaymiz", — deyiladi "Nasaf" klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Kiritildi: Bugun 09:29. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!