UFC musobaqalarining yurtimizdagi namoyishi bo‘yicha yangilik sodir bo‘ldi.
Setanta Sports platformasi endi O‘zbekiston hududida futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi va aralash yakka kurash bo‘yicha UFC bellashuvlarini o‘zbek tilidagi sharh bilan taqdim etadi.
"Yangi mavsumdan boshlab, Setanta Sports telekanallarida Angliya Premyer Ligasi va UFC janglanglarini o‘zbek tilida tomosha qilishingiz mumkin! Hali yana yangiliklar oldinda! Bizni kuzatishda davom eting...", deyiladi tashkilot xabarida.