Isroil havo kuchlarining Eronning turli hududlariga bergan zarbalari natijasida Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Muhammad Bag‘iriy va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni general-mayor Husayn Salamiy halok bo‘ldi.
Bu haqda Eron OAVlari xabar berdi.
O‘z navbatida, Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi o‘zining bosh qo‘mondoni o‘lganini tasdiqlovchi bayonot bilan chiqdi.
Bundan tashqari, Isroil zarbasi natijasida Eron Islom Respublikasi oliy rahbari Seyid Ali Xomanaiyning maslahatchisi Ali Shamxoniy og‘ir yaralangan.
Ayni vaqtda havo hujumlari natijasida Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Feridun Abbosiy va Islom Azad universiteti prezidenti Muhammad Mehdi Tehronchi halok bo‘lgan.