Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rasman: «Real» sobiq futbolchisi Bundesligaga ko‘chib o‘tdi

Rasman: «Real» sobiq futbolchisi Bundesligaga ko‘chib o‘tdi

«Bayer» klubi Lukas Vaskesning transferini e’lon qildi.

Ispaniyalik 34 yoshli himoyachi «dorishunoslar» bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Futbolchi nemis klubi safida 21-raqam ostida to‘p tepadi.

Vaskes hozirgacha faoliyatini deyarli «Real»da o‘tkazgan va faqat 2014/15 yilgi mavsumda «Espanyol»da harakat qilgan. Madrid klubi bilan 23ta sovrin yutgan.

Himoyachi o‘tgan mavsumda La Ligada 32 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 22:00 26.08.2025. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!