Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rasman! Oston O‘runov «Ufa»ga qaytdi

Rasman! Oston O‘runov «Ufa»ga qaytdi

Moskvaning «Spartak» klubi yarimhimoyachisi Oston O‘runov faoliyatini sobiq klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

«Ufa» klubi 20 yoshli xavbekni sotib olish huquqi bilan 2022 yilning iyun oyiga qadar ijaraga olish bo‘yicha «Spartak» bilan kelishuvga erishdi. O‘runov Boshqirtiston klubida shartnomada keltirilgan ma’lum miqdordagi o‘yinlarda to‘p sursa, ufaliklar Ostonni sotib olish majburiyatini olishadi.

20 yoshli o‘zbekistonlik yarimhimoyachi 18 avgust kuni «Ufa» klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov 2020 yilda «Ufa»dan «Spartak» safiga 1,5 million yevroga o‘tishi haqida xabar qilingan, bir yil o‘tib ufaliklar Ostonni ortga qaytarmoqchi bo‘lganida futbolchi uchun 3 million yevro so‘rashgandi. O‘runovning Moskva klubidagi yillik maoshi 600 ming yevroni tashkil etardi.

Kiritildi: 16:35 19.08.2021. O'qildi: 2553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!