Ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inouening keyingi jangi rasman tasdiqlandi.
U avval xabar berganimizdek, avstraliyalik Ti Jey Doeni bilan jang qiladi. Bu haqda Naoya hamkorlik qiluvchi Top Rank promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jang 3 sentyabr kuni Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Inoue barcha kamarlarini himoya qiladi.
Avvalroq, WBA tashkiloti chempion Naoya Inoue hamda majburiy da’vogar maqomidagi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev jangiga rasman buyruq bergan edi. Muzokaralar natijasi 14 iyul kuni e’lon qilinishi kerak edi, ammo WBA hali yakuniy qarorini ma’lum qilganicha yo‘q.