Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rasman. Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioniga qarshi jang oldidan Meksikada ringga chiqadi

Rasman. Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioniga qarshi jang oldidan Meksikada ringga chiqadi

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Murodjon Ahmadaliyev super yengil vazn toifasining mutlaq chempioni, yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang oldidan Meksikada ringga chiqadi. Bu haqda Matchroom ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ahmadaliyev 30 may kuni Meksikaning Gvadelaxara shahrida o‘tkaziladigan jang oqshomida mezbon Luis Kastiloga qarshi ringga ko‘tariladi.

Avvalroq Ahmadaliyev 14 sentyabr kuni Tokioda Naoya Inoue bilan jang qilishi rasman tasdiqlangan edi. Endi o‘zbekistonlik sportchi ushbu super bahs oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beruvchi bahsda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev shu kungacha professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alabaga erishgan (10 ta nokaut) va 1 ta jangda imkoniyatni boy bergan.

27 yoshli Luis Kastilo esa 23 ta jang o‘tkazib, 21 ta bahsda g‘olib bo‘lgan (13 KO). U 1 ta jangda durang qayd etgan bo‘lsa, yana bitta jangda mag‘lubiyatga uchragan.

Kiritildi: 16:36 05.05.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!