"Barselona" Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reshfordning transferini rasman e’lon qildi.
Kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted"dan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Reshford kataloniyaliklar safida 14-raqam ostida o‘ynaydi. Ijara shartnomasida to‘liq transfer varianti mavjud.
"Manchester Yunayted" akademiyasi tarbiyalanuvchisi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Aston Villa”da o‘tkazdi va u yerda 41 ta o‘yinda 11 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, Reshford 2016 yildan buyon Angliya terma jamoasi sharafini xalqaro maydonda himoya qilib kelmoqda.