Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Rasman: Ivan Rakitich faoliyatida ilk bor o‘z vatani klubida o‘ynaydi

A A A
Rasman: Ivan Rakitich faoliyatida ilk bor o‘z vatani klubida o‘ynaydi

"Sevilya" va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich Saudiyaning "Ash-Shabab" jamoasidan vatani Xorvatiyaga qaytdi. "Xayduk Split" u bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. 21 iyul, yakshanba kuniyoq futbolchi tanishtiriladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

36 yoshli Rakitich bilan shartnoma bir mavsumga mo‘ljallangan, biroq tomonlar uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini nazarda tutgan.

Qizig‘i shundaki, avvalroq, hatto yoshligida ham Rakitich Xorvatiyada o‘ynamagan - Ispaniya va Saudiya Arabistonidan tashqari, Shveysariya va Germaniyada ham o‘ynagan.

Kiritildi: 10:52 21.07.2024. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!