"Barselona" darvozabon Mark-Andre ter Shtegenni asosiy sardorlik bog‘ichidan mahrum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Bayonotda aytilishicha, "ko‘k-anorranglilar" asosiy sardori maqomi Ter Shtegendan olinib, Ronald Arauxoga topshirilgan.
Avvalroq, 33 yoshli nemis tibbiy hulosaga imzo qo‘yishdan bosh tortgani sabab kataloniyaliklar yangi o‘yinchilarini ro‘yxatdan o‘tkaza olmayotgani ma’lum bo‘lgan edi.