13.05.2019 yil soat 13:00 larda Shovot tumani, Arbek mahallasida yashovchi fuqaro M.O. (1973 y.t.) turmush o‘rtog‘i F.E.ni rashk qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal sababli, yashash uyida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E. (1978 y.t.) voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. M.O. tegishli prosessual tartibda ushlangan.