O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qayumov Asadulla Urolovich "O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga o‘tishi munosabati bilan Qo‘mitadagi amaliy faoliyatini yakunladi.
Asadulla Qayumov ilk faoliyatini 2007 yil Qo‘mitada yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan va 2017 yilga qadar bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari hamda boshqarma boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarilgan. 2022-2025 yillarda Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib bordi.