Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Raqobat qo‘mitasi Ramazonda “aksiya setlar”ni majburiy tarzda joriy etayotgan kafe va restoranlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi Ramazonda “aksiya setlar”ni majburiy tarzda joriy etayotgan kafe va restoranlarni ogohlantirdi

Bugungi kunda, ayrim umumiy ovqatlanish korxonalari (kafe, restoran, oshxona v.b) tomonidan Ramazon oyida «aksiya setlar» (kompleks ovqatlar to‘plami) joriy qilinib ularni majburiy qilish holatlari, shuningdek minimum narxlar belgilab undan boshqa tanlov yo‘qligi belgilanayotgani hamda bu orqali iste’molchilarning erkin tanlov huquqlarini cheklanayotganligi alomatlari kuzatilmoqda.

✈️ O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining:
4-moddasiga muvofiq, iste’molchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishini talab qilish huquqlariga ega, 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga haqli emas.
✈️ Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari o‘z xizmatlarini ko‘rsatayotganda:
— iste’molchiga ko‘shimcha xizmat va mahsulotlarni olishga qistamaslik (iste’molchi" set" ko‘rinishidagi to‘plamni rad etsa unga taomnomadagi boshqa taomga buyurtma berish huquqini cheklamaslik);
— iste’molchilar sog‘lig‘i uchun aks ta’sir qiluvchi ( allergiya qo‘zg‘atuvchi fermentlar mavjudligi inobatga olinmasdan) taomlarni ovqatlar to‘plami tarkibida xarid qilishiga majburlash holatiga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
🇺🇿Zero, bosh qomusimiz Konstitusiyaning 65 moddasida Davlat iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi deb belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi eslatib o‘tadi‼️
Umumiy ovqatlanish korxonalari (kafe, restoran, oshxona v.b) tomonidan bu kabi qonunbuzish holatlariga yo‘l qo‘yib, iste’molchilarning huquqlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishini ma’lum qilamiz,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 16:55. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!