AQSh prezidenti Donald Tramp federal hukumat mudofaani moliyalashtirishga ko‘proq, sog‘liqni saqlash va bolalar bog‘chalariga esa kamroq e’tibor qaratishi kerakligini, chunki bu ishlar bilan shtatlar hukumatlari shug‘ullanishi lozimligini ta’kidladi, deb xabar beradi CNN.
Telekanal manbalariga ko‘ra, Oq uy rahbari bu haqda 1 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yopiq tushlikda aytib o‘tgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Ma’muriy-byudjet boshqarmasi rahbari Rassel Voutdan bolalar bog‘chalariga mablag‘ ajratmaslikni so‘ragan, chunki Qo‘shma Shtatlar federal hukumati bolalar bog‘chalari masalasi bilan shug‘ullana olmaydi.
"Biz urush holatidamiz. Bolalar bog‘chalariga vaqtimiz yo‘q. Bolalar bog‘chalari va sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish uchun shtatlar soliqlarni oshirishi kerak", — degan Tramp.