Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Raqobat qo‘mitasi Coca-Cola, Pepsi, Evos, Safia kabi kompaniyalarni reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasi Coca-Cola, Pepsi, Evos, Safia kabi kompaniyalarni reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortdi

Toshkentda tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzgan kompaniyalar jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qo‘mitaning Toshkent shaxar hududiy boshqarmasi tomonidan 2025 yilning yanvar va fevral oylari davomida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borilgan.

Olib borilgan o‘rganish natijalariga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 30 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, xususan, «COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON LTD» MCHJ XK, «INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT» MCHJ XK (PEPSI), «MAK FOOD SERVIS» MCHJ (EVOS), «LUMIERI» MCHJ, «TURAN MEDIA» MCHJ, «OQTEPA FOOD SERVICE» MCHJ (Oqtepa Lavash), «BARATRUM» MCHJga (Safia) nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.

Ular «Reklama to‘g‘risida»gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining «Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida»gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzgan.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Kiritildi: 11:16 04.03.2025. O'qildi: 1240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!