Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Raqobat qo‘mitasi 5 ta qurilish kompaniyasini iste’molchilarga 6,7 mlrd so‘m qaytarishga majbur qildi

Raqobat qo‘mitasi 5 ta qurilish kompaniyasini iste’molchilarga 6,7 mlrd so‘m qaytarishga majbur qildi

Toshkent viloyatidagi fuqarolar murojaatlariga ko‘ra, ayrim qurilish kompaniyalari xonadonlarni shartnomada belgilangan muddatda topshirmagan.

Hududiy boshqarma 32 nafar iste’molchi manfaatida 11 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirish uchun sudga ariza berdi.

Sud qarorlari bilan “GLAMUR GOLD”, “TRANSPORT FREE GROUP”, “LUCKY TECHNICAL”, “BROCCOLI PLUS”, “NUR” MCHJlarga nisbatan 16 nafar iste’molchi foydasiga 6,7 mlrd so‘m qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qolgan iste’molchilarning huquqlari tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:05. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!