Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Rang ajratolmaydiganlar uchun maxsus televizor

Rang ajratolmaydiganlar uchun maxsus televizor

Rossiyada rang ajrata olmaydiganlar uchuye maxsus televizor ixtiro qilishdi. Unda algoritmlar tasvirlarni shunday moslashtiradiki, ular daltoniklar uchun ko‘proq ajralib turadi, lekin umumiy ranglar palitrasi buzilmaydi. Ya’ni, barcha ob’ektlarning rangi tabiiy bo‘lib qoladi va televizor normal ko‘rish qobiliyatiga ega odamlar uchun ham yaroqliligini yo‘qotmaydi.

Algoritm daltoniklar uchun yo‘qolgan ranglarni aniqlaydi. Keyin tizim yorqinlikni sozlaydi, bu elementlarning kontrastini kuchaytiradi va asl rang palitrasini saqlaydi. Shunday qilib, rangni ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan odamlar muhim tasvirlarni yaxshiroq ajrata oladilar.

Usulning samaradorligi eksperiment natijasida tasdiqlandi. Normal ko‘rish qobiliyatiga ega ishtirokchilarning 95 foizi va rang ajratolmaydiganlarning 90 foizi qayta ishlangan tasvirlar real ko‘rinishiga guvohlik berdilar.

Kiritildi: 06:38 18.07.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!