Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Ranyeri Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Ranyeri Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

«Roma» bosh murabbiyligini yaqinda tark etgan Klaudio Ranyeri Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi.

«Italiya futbol federasiyasi prezidentiga berilgan imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiraman, bu katta sharaf. Ammo men o‘ylab ko‘rdim va «Roma»dagi yangi rolimga sodiq qolishga qaror qildim,» - deydi mavsum yakunlangach, «Roma» xo‘jayinlarining maslahatchisiga aylangan 73 yoshli Ranyeri.

Ranyeri 2024 yilning noyabrida, murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganidan bir necha oy o‘tib, uchinchi marta «Roma» boshqaruvini qo‘lga olgandi. Natijada jamoa mavsumni beshinchi o‘rinda yakunladi.

Mutaxassis faoliyati davomida «Chelsi,» «Atletiko,» «Inter,» «Monako» va boshqa klublarda ishlagan. 2016 yilda «Lester» bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, 8 iyun kuni Italiya terma jamoasini 2023 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgan Luchano Spalletti iste’foga chiqqandi.

Kiritildi: 15:58 10.06.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!