Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘qqiz yoshli o‘g‘li Abdulla Grozniy markazidagi hashamatli uyga egalik qiladi. Bu haqda Rosreestrning sizib chiqqan ma’lumotlariga tayanib, «Mojem ob’yasnit» nashri yozgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Abdulla Qodirovga tegishli ikki ming kvadrat metrlik uy va to‘rt ming kvadrat metrlik yer maydoni bor. Nashrga ko‘ra, ko‘chmas mulkning narxi 1 million dollardan ziyodga baholanadi.
Er maydoni va uyni dastlab Qodirovning o‘zi ijaraga olgan (aynan kimdan ekaniga aniqlik kiritilmagan), biroq keyin uni o‘g‘liga topshirgan va 2023 yilda u mulkdorga aylangan.
Shuningdek, nashr Rosreestr bazasida 19 yoshli Ali Qodirovga tegishli Grozniy markazidagi uyni aniqladi. Uning qiymati 500 million rublga (6.5 mln dollar) baholanmoqda.
Ali va Abdulla Qodirovlarning uylari Checheniston rahbarining qarorgohidan 300 metr masofada joylashgan.