Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ramzan Qodirov o‘g‘li Adamning yo‘l-transport hodisasiga uchraganini rad etdi

Ramzan Qodirov o‘g‘li Adamning yo‘l-transport hodisasiga uchraganini rad etdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li Adamning yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqidagi xabarlarni rad etib, ularni "soxta xabar", deb atadi, deb yozmoqda "Meduza".

"Sun’iy intellekt yordamida istalgan odamni aldash mumkin. Mamlakat bo‘ylab 128 mingta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, 13 009 kishi halok bo‘lgan, ammo bunga hech kim e’tibor bermayapti, hech kim bu haqda gapirmayapti. Lekin qayerdandir paydo bo‘lgan Qodirovning o‘g‘li avariyaga uchragani haqidagi soxta xabar birdaniga jahon yangiliklarida birinchi o‘ringa chiqdi", — dedi Qodirov Checheniston bosh prokurori Arsan Adayev bilan uchrashuv chog‘ida.

Shuningdek, Qodirov Chechenistonda kiberjinoyatlarga, jumladan soxta axborotlar tarqatilishiga qarshi kurash choralarini kuchaytirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Yanvar oyida Adam Qodirov Grozniy shahrida yo‘l-transport hodisasida jabrlangani haqida muxolif Niyso Telegram-kanali hamda “Kavkaz.Realii” nashri xabar bergan edi

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!