Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Ramzan Qodirov gruziyalik jurnalistni o‘ldirmoqchi bo‘lganmi?

A A A
Ramzan Qodirov gruziyalik jurnalistni o‘ldirmoqchi bo‘lganmi?

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov gruziyalik jurnalistni o‘ldirish uchun fitna uyushtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, dushanba kuni Gruziya davlat xavfsizligi tomonidan hibsga olingan rossiyalik bir erkak janob Qodirovning buyrug‘i bilan televideniye boshlovchisi Giorgi Gabuniyani o‘ldirishga yuborilgan. O‘tgan yili jurnalist jonli efirda Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni haqorat qilgani katta janjalga sabab bo‘lgan edi. Ammo janob Qodirov, Gabuniya o‘zining "dushmani" ekan, va u bu qotillikni uyushtirmaganini aytdi.

"Menga ishoning, agar kimdir mening buyruqlarim bilan harakat qilsa, u ularni bajaradi", deb yozdi Ramzan Qodirov "Telegram"dagi sahifasida.

"Giorgi Gabuniya tiz cho‘kib, kechirim so‘rashi kerak edi ... Aks holda u, yana aytaman, mening dushmanim bo‘lib qoladi", deya qo‘shimcha qildi u. Putinning sodiq tarafdori Qodirov Rossiyaning "xoinlari" haqida ham gapirib o‘tdi. Gruziya rasmiylari bu ayblovlarga izoh berishmagan.

Kiritildi: 08:20 18.06.2020. O'qildi: 2339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!