Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ramosning jarohati jiddiymi?

Ramosning jarohati jiddiymi?

«Real» himoyachisi Serxio Ramos La Liga 31-turidan o‘rin olgan «Malyorka»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

As xabariga ko‘ra, «Real» murabbiylar shtabi 31 yoshli futbolchiga dam beradi. U shanba kuni o‘tkaziladigan «Espanyol»ga qarshi o‘yingacha tiklanib oladi.

Ramos avvalgi turdan o‘rin olgan «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Ammo bu jiddiy bo‘lib chiqmadi, uning tizzasi yengil lat yedi xolos.

Eslatib o‘tamiz, «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda u raqib darvozasiga gol urgan, ammo 60-daqiqada jarohati tufayli almashtirilgan edi.

Kiritildi: 09:35 23.06.2020. O'qildi: 2183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!