Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ramazon Temirov UFC'dan braziliyalik chempionga qarshi jang so‘radi

Ramazon Temirov UFC'dan braziliyalik chempionga qarshi jang so‘radi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov Instagram storisi orqali Aleksandr Pantoja bilan jang qilish istagini bildirdi.

Gap shundaki, UFC axborot xizmati o‘z sahifasi orqali o‘ta yengil vazn toifasining braziliyalik amaldagi chempioni Aleksandr Pantojaning sakkizta raqibidan ustun kelgani haqida post joylagan edi.

Temirov bunga javoban: "Allohga oson. In Sha Alloh keyingi raqibi va chempioni o‘zim bo‘laman", deya repost qilgan.

Divizion reytingida 13-o‘rinda borayotgan Ramazon 26 iyul kuni 9-pog‘onadagi qozog‘istonlik Asu Almabayev bilan to‘qnash keladi.

Ramazon Temirov UFC'dan braziliyalik chempionga qarshi jang so‘radi

Kiritildi: 23:32 04.07.2025. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!