Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ramazon Temirov: "Alloh menga sinov berdi" (FOTO)

Ramazon Temirov: "Alloh menga sinov berdi" (FOTO)

UFC promoushenidagi aralash yakkakurash ustamiz Ramazon Temirov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi.

Hamyurtimiz Tailanddagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida doping uchun test topshirgan va afsuski, tahlil natijalari ijobiy chiqqan edi. Buning natijasida uning 26 iyul kuni Abu-Dabi shahrida qozog‘istonlik Asu Almabayevga qarshi jangi bekor bo‘lgandi. Hozircha doping uchun Ramazonga qanday jazo berilishi ma’lum emas.

"Alhamdulillah! Har bir jangchining orzusi bo‘lgan dunyoning eng yaxshi Ligasida, bo‘lib ham Top jangchilar qatoridaman. Hozir Alloh menga sinov berib sinadi. Bu bo‘ldi, hammasi shu joyda qoladi degani emas. Men yo‘limda harakat qilishda davom etaman, In Sha Alloh. Har qanday holatda ham Alhamdulillah!", - deya o‘zining instagram storisida surat va unga izoh qoldirgan Temirov.

Ramazon Temirov: "Alloh menga sinov berdi" (FOTO)

Kiritildi: 19:04 20.07.2025. O'qildi: 2057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!