Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ramazon oyida O‘zbekistonda futbol o‘yinlari qaysi vaqtda boshlanadi?

Ramazon oyida O‘zbekistonda futbol o‘yinlari qaysi vaqtda boshlanadi?

O‘zbekistonda Ramazon oyi rasman 17 may sanasidan boshlanishi e’lon qilindi. Ma’lumki, saharlik hamda iftorlik vaqtlari Quyoshning chiqishi va botishidan kelib chiqib belgilab berilgan. Bunda mamlakatimizning sharqiy hamda g‘arbiy nuqtalaridagi tafovut deyarli yarim soatni tashkil qiladi.

Shundan kelib chiqib, PFL ham Pepsi Superligasining tur uchrashuvlarida mezbon jamoalarga e’tibor qaratadi hamda o‘yinlar vaqtini ulardan kelib chiqib belgilaydi, deb yozadi PFL bosh direktorining maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi kanalida.

Rejaga ko‘ra, futbol uchrashuvlari og‘iz ochish vaqtidan roppa-rosa 45 daqiqa avval boshlanadi. Shu tariqa 1-bo‘lim yakunlanishini anglatuvchi hushtak iftorlikka yo‘l ochib beradi.

Hakamning 1-bo‘limga qo‘shib berishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy daqiqalari bunda ishqibozlar uchun deyarli halal bermaydi. Chunki tanaffus 15 daqiqa davom etishidan kelib chiqib, stadionga tashrif buyurgan ro‘zadorlar og‘iz ochib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, hozircha “Navbahor” va “Lokomotiv” futbol klublari stadionida ishqibozlarning namoz o‘qishi uchun sharoit yaratilgandi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 06:48 15.05.2018. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!