Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ramazon oyida jamoaviy iftorlar to‘xtatiladi

A A A
Ramazon oyida jamoaviy iftorlar to‘xtatiladi

Misrda Ramazon oyida qilinadigan jamoaviy iftorlar bu yil vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda mamlakat Din ishlari vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu choralar mamlakatda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ramazon oyi joriy yil 23 apreldan boshlanishi taxmin qilinmoqda. An’anaviy ramazon amallariga jamoaviy iftorlar, taroveh namozlarini o‘qish kiradi.

Biroq hozirgi global pandemiya bunday ishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Misrda shu paytga qadar 1322 nafar koronavirus yuqtirib olgan bemor aniqlangan. Ulardan 85 nafari vafot etgan.

Kiritildi: 21:15 08.04.2020. O'qildi: 2735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!