Ba’zi Yevropa davlatlari Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasida o‘z majburiyatlarini buzganliklariga javoban Eron uranni 60% yoki undan ko‘proq miqdorda boyitmoqda.
Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisi CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz bu qadamlarni Yevropaning uchta davlati tomonidan majburiyatlarning buzilishiga javoban qildik. Avvaliga biz o‘z majburiyatlarimizdan kelib chiqib, 60 foizgacha boyitishni maqsad qilganimiz yo‘q”, dedi davlat rahbari.
Raisi so‘zlariga ko‘ra, Tehron bu harakatlar yadroviy qurolga ega bo‘lishga qaratilgan emas, balki yevropaliklarning o‘z majburiyatlariga “sadoqatsizligi”ga javob ekanligini rasman e’lon qilgan.
“Agar ular [...] o‘z majburiyatlariga qaytsalar, Islom respublikasi avvalgidek o‘z majburiyatlariga sodiq qolishiga ishonch hosil qiling”, dedi u.