Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rahmon: "Boku va Yerevan o‘rtasida deklarasiya imzolanishi mustahkam tinchlikka erishish yo‘lini ochadi"

Rahmon: "Boku va Yerevan o‘rtasida deklarasiya imzolanishi mustahkam tinchlikka erishish yo‘lini ochadi"

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida qo‘shma deklarasiyaning imzolanishi ikki davlat o‘rtasida mustahkam tinchlikka erishish yo‘lini ochadigan tarixiy voqeadir.

Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga yo‘llagan tabrik telegrammasida aytilgan.

"Biz ushbu tarixiy voqeani olqishlaymiz va inqiroz va mojarolarni hal qilishning yagona vositasi sifatida tinch muloqot muhimligini ta’kidlaymiz”, — deyiladi Tojikiston rahbari matbuot xizmati tomonidan chop etilgan matnda.

Rahmon imzolangan hujjat ikki davlat o‘rtasida mustahkam tinchlikka erishish yo‘lini ochib berishini ta’kidlab, “erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini rivojlantirish uchun zarur zamin yaratishi hamda ayni paytda Kavkazda barqarorlik va xavfsizlik asoslarini mustahkamlash, mintaqalararo konstruktiv hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga” ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni Ozarbayjon va Armaniston Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha qo‘shma deklarasiyani imzolagan edi.

Kiritildi: 07:55 10.08.2025. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!