Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rafinya "Oltin to‘p" ro‘yxatidan joy olmaganiga munosabat bildirdi

Rafinya "Oltin to‘p" ro‘yxatidan joy olmaganiga munosabat bildirdi

"Barselona" hujumchisi Rafinya 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun nomzodlar orasida o‘zi va jamoadoshi Pedrining yo‘qligiga munosabat bildirdi.

Braziliyalik futbolchi bu qarorni adolatli deb hisoblamasligini aytdi. Uning fikricha, Pedri ham sovrin uchun da’vogarlar qatorida bo‘lishiga munosib edi.

"Men buni adolatli deb o‘ylamayman. Gap faqat men haqimda emas, Pedri haqida ham ketmoqda. Menimcha, u ham nomzodlar ro‘yxatida bo‘lishi kerak edi", — dedi Rafinya RAC1 nashriga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumda Rafinya barcha turnirlar doirasida 33 ta uchrashuvda qatnashib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, u "Barselona" bilan Ispaniya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.

2026 yilgi jahon chempionatida esa Rafinya ishtirok etgan Braziliya terma jamoasi 1/8 final bosqichida musobaqani tark etgan edi.

Kiritildi: 23:42 20.09.2026. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!