Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yerda magnit bo‘ronlari 20 iyul kuni kuzatilgan hamda 21 iyulda davom etishi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 20 iyul kuni magnit bo‘ronlari faolligi soat 15:00 dan 18:00 gacha o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan . Bo‘ron kuchi Kr-indeksiga ko‘ra 9 balldan 4 ballni tashkil etgan.
21 iyulda kuchli magnit bo‘roni 20 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Magnit bo‘ronlarining faolligi eng yuqori darajaga yetmasa-da, ob-havoga sezgir odamlar bir qator noxush alomatlarga duch kelishlari mumkin. Odatda bu bosh og‘rig‘i, oyoq-qo‘llardagi zaiflik va apatiya, ba’zi hollarda qon bosimi ko‘tarilishi va mavjud surunkali kasalliklar qo‘zg‘ashi ehtimoli mavjud.
Quyosh faolligining sezilarli darajada oshishi 12 iyuldan beri kuzatilmoqda. 16 iyulgacha bo‘lgan to‘rt kun ichida 10 dan ortiq M darajasidagi chaqnashlar (bu 5 ballik shkala bo‘yicha quyosh hodisalarining to‘rtinchi eng kuchli darajasi), shuningdek ikkita X dan yuqori darajadagi chaqnashlar qayd etilgan.