Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Qo‘yliqda maska-shou": IIV xodimlari fuqarolarga kuch ishlatgani haqida xabarlar tarqaldi

"Qo‘yliqda maska-shou": IIV xodimlari fuqarolarga kuch ishlatgani haqida xabarlar tarqaldi

Internet tarmog‘ida «Qo‘yliqda maska-shou?» sarlavhali video tarqalib, unda muallif ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilib, fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotganlari haqida xabar berilgan. Toshkent shahar hokimiyati bu borada bayonot berdi.

"Ushbu xabar haqiqatdan yiroqdir. 2021 yil 31 dekabr kuni huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, poytaxt aholisi va mehmonlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Toshkentda «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazdilar. Xodimlar aholiga nisbatan kuch ishlatmaganlar, hech kimga badan shikastlari yetmagan.

Fuqarolardan ma’lumotlarni rasmiy manbalardan olishlarini iltimos qilamiz. Noto‘g‘ri xabarlarni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilmoqda".

Kiritildi: 23:38 05.02.2022. O'qildi: 7011 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!