Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Quyi Surgil” konida kunlik 820 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi

“Quyi Surgil” konida kunlik 820 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga asosan konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, quduqlarda kapital ta’mirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burg‘ilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari qayta ta’mirlanib ishga qo‘shilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Quyi Surgil” gazkondensat konidagi 26-sonli quduqda burg‘ulash ishlaridan so‘ng 4323-3873 metr oralig‘iga filtr o‘rnatildi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, mahsuldorligi kuniga 820 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: "Quyi Surgil" gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2018 yilda ishga tushirilgan.

Kiritildi: 11:51 30.01.2023. O'qildi: 3134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!