Quvaytdagi Ali al-Salem aviabazasiga dron hujumi natijasida o‘n besh amerikalik harbiy xizmatchi yaralandi.
Bu haqda CBS News manbalarga tayanib xabar berdi.
Vaziyatni kanalga izoh bergan ikki amerikalik amaldor hujumning ba’zi tafsilotlarini oshkor qildi. Ta’kidlanishicha, aviabazaga tunda zarba berilgan. Yarador harbiylarning ba’zilari allaqachon xizmatga qaytishgan.