Quvayt Ichki ishlar vazirligi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan bog‘liq to‘rt nafar jangari hibsga olingani haqida xabar berdi.
Bu haqda KUNA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, guruh mamlakatga dengiz orqali kirishga uringan. Jangarilar bilan to‘qnashuv paytida Quvayt qurolli kuchlarining bir askari yaralangan.