Olingan tezkor ma’lumot asosida, Farg‘ona viloyati IIB TQX, Quvasoy shahar IIB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar davomida, 2004 y.t., Bog‘bon MFY da yashovchi, D.A. ning “Matiz” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yukxonasida sotish maqsadida saqlab kelayotgan 1593 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.