Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Bayden Qo‘shma Shtatlarda eng yirik elon qildi

Bayden Qo‘shma Shtatlarda eng yirik  elon qildi

Bayden 1500 ga yaqin jazoni engillashtirdi va 39 kishini afv etdi - bu Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik avf.

AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirus pandemiyasi davrida qamoqdan ozod qilingan va uy qamog‘iga olingan 1500 ga yaqin kishining jazolarini yengillashtirdi va zo‘ravonliksiz jinoyatlarda ayblangan 39 nafar amerikalikni afv etdi, deb yozadi AP.

Bu AQShning zamonaviy tarixidagi eng yirik bir kunlik kechirim aktidir, deya aniqlik kiritadi agentlik. Jazoni qisqartirish ozod qilinganidan keyin kamida bir yil davomida uy qamog‘i jazosini o‘tagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Bayden kelgusi haftalarda kechirim so‘rovlarini ko‘rib chiqishda davom etadi. «Amerika imkoniyat va ikkinchi imkoniyat va’dasi asosida qurilgan», dedi AQSh prezidenti bayonotida.

Avvalroq, 1 dekabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden noqonuniy qurol saqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan o‘g‘li Xanter Baydenni rasman afv etgan edi.

Kiritildi: Bugun 05:21. O'qildi: 1350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!