Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Quva va Farg‘ona tumanlarida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Quva va Farg‘ona tumanlarida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Hududlarda tabiiy gaz ta’minotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan reydlar davomida bir qancha qoidabuzarlik holatlari fosh etildi.

Quva tumanidagi “Taxtako‘prik” MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish maskanlaridan birida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, iste’molchi gaz ta’minoti korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzmagan holda “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 milliard 144 million so‘m miqdorida zarar hisoblab chiqildi.

Yona bir qonunbuzarlik holati Farg‘ona tumanida aniqlandi. “Tinchlik” MFYdagi nonvoyxona egasi tabiiy gazdan loyiha-texnika hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, tarmoqqa noqonuniy ulangan holda foydalanib kelgan. Mazkur holat yuzasidan 733 million 428 ming so‘mlik zarar qayta hisoblab chiqildi.

Yuqoridagi noqonuniy holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Mazkur yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari respublikaning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:21 19.09.2025. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!