Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Quva tumani, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi

A A A
Quva tumani, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi

Yig‘ilishda Quva tumani, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Quva aholisi 280 mingga yaqinlashdi. Tumanda tadbirkorlar juda ko‘p, imkoniyat ham, sharoit ham yetarli. Tuman hokimligi to‘g‘ri yondashuv qilsa, investisiya, ishlab chiqarish, ish o‘rni va eksportni karrasiga oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Quvada meva-sabzavotni qayta ishlash quvvati 10 foiz. Mustaqillik mahallasidagi 100 dan ziyod xonadon yaqin joydan 15 gektar yer ajratilsa, meva ulgurji bozorini tashkil qilishga tayyor.

Rossiyalik investorlar ham 5 gektarda 20 million dollarlik 100 ming tonna mevani qayta ishlaydigan agrologistika markazini qurish, saudiyalik hamkor isitish va sovutish tizimlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha taklif bildirgan.

Bu loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Kiritildi: 14:18 12.07.2024. O'qildi: 1351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!