Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

«Qo‘shnilarim qutqarib qolishdi, yo‘qsa o‘lardim». Qashqadaryodagi Doniyorshayx qishlog‘iga oxirgi 14 yilda 3-sel keldi

«Qo‘shnilarim qutqarib qolishdi, yo‘qsa o‘lardim». Qashqadaryodagi Doniyorshayx qishlog‘iga oxirgi 14 yilda 3-sel keldi

Qashqadaryoning Kitob tumanidagi qishloqlarga sel yopirilgani haqida xabar berilgach, Daryo ga Doniyorshayx qishlog‘idagi sel oqimi aks etgan video ham taqdim etildi. Mazkur videodan selning qop-qora tusda vahimali tarzda oqib kelganini ko‘rish mumkin. Sel va uning oqibatlari xususida batafsil ma’lumot olish maqsadida Daryo muxbiri Doniyorshayx qishlog‘ida bo‘ldi.

28 mart kuni kechki payt soat 6 ga yaqin kelgan sel oxirgi 14 yil ichidagi 3-sel hisoblanadi, deydi Doniyorshayx qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ibrohimxo‘ja Eshonov. 2007 yil va 2015 yillarda shunday vahimali sel kelgandi. O‘shanda ham qishlog‘imiz o‘rtasidagi ko‘prik talabga javob bermaganligi sababli sel ko‘prik ustidan o‘tib, aholi xonadonlariga ham kirgandi. Bu safar ham shunday bo‘ldi.

Aholi vakillarining aytishicha, sel 28 mart kuni kechki payt soat 17:00 da tog‘ etagida yarim soat yoqqan do‘l sabab yuzaga kelgan. Ushbu qishloqda yashovchi G‘ulom Ismoilovning qo‘shimcha qilishicha o‘sha kuni yoqqan do‘l 15 santimetrga yetgan.

O‘sha kuni kechki payt chamasi 16:30 da tog‘ etagi qoraygach, qishloq podachisiga (mol boquvchi cho‘pon. tahririyat) telefon qilib, mollarni haydab ketishini aytdim, deydi G‘ulom Ismoilov. Cho‘pon mollarni haydab o‘tgach, do‘l yog‘ishni boshladi. Yarim soat yoqqan do‘l 15 santimetr qalinlikda yerni oqartirdi.

Kechki payt soat 6 ga yaqin kela boshlagan sel 2 soat davom etdi, deydi Ibrohimxo‘ja Eshonov. Kuchli va katta-katta yoqqan do‘l qishloq o‘rtasida joylashgan ko‘prik tagidagi truba ga tiqilib qolib, o‘tmay qoldi. Shunda sel ko‘prik ustiga chiqdi. Sel oqimi shunchalik kuchli ekanki, hatto ko‘prik ustidagi beton to‘siqlarni ham olib ketdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Doniyorshayx qishlog‘ida 2 ta ko‘prik mavjud bo‘lib, biri qishloqning kirish qismida, ikkinchisi esa qishloq o‘rtasida joylashgan. Qishloq boshidagi ko‘prik tagidagi truba to‘rtburchak shaklidagi katta sig‘imli bo‘lganligi uchun ham do‘l aralash kelgan sel ko‘prik ustiga chiqolmagan. Qishloq o‘rtasidagi ko‘prik tagida joylagan diametri 1,5 metrlik 2 ta va diametri 1 metrlik bitta truba ga sig‘magan sel ko‘prik ustiga chiqib ketgan.

2007 va 2015 yil kelgan kuchli sel qishloqdan 300 boshga yaqin qora mol va mayda shoxli mollarni oqizib ketgandi, deydi Yusuf Yunusov. Ekinlarni badnom qilgandi. Bu yil Yaratgan asradi. Shukurki, mollarni o‘z vaqtida haydab o‘tishgan. Biroq kuni kecha kelgan sel ham talofat yetkazmay qolmadi. Yo‘llarni yuvib ketdi. Aholi ekiniga zarar yetkazdi.

Ushbu qishloqda yashovchi G‘aybulla Saidov va aholi vakillarining aytishicha, sel G‘aybulla Saidovni 15 metr uzoqlikka oqizib borgan. Qishloqdoshlari yordami bilan oqimdan omon chiqqan G‘aybulla Saidov seldan juda qo‘rqqanini ta’kidlar ekan, Qo‘shnilarim qutqarib qolishdi, yo‘qsa o‘lardim , deydi.

G‘aybulla Saidov o‘sha qo‘rquv sabab haligacha yaxshi uxlolmayotganini bildirdi. Shukurki, patronaj hamshiralar keldi. Dori berishgach, ahvolim yaxshilandi , deydi sel oqimidan omon chiqqan suhbatdosh.

Kitob tuman tibbiyot birlashmasi 13-QOP patronaj hamshirasi Oysha Safarovaning aytishicha, seldan so‘ng qishloq aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tibbiyot xodimlaridan iborat 5 kishilik guruh tashkil etilgan. Aholi ruhiyatini ko‘tarish va iflos suvdan yuquvchi kasalliklar oldini olish maqsadida aholiga tekin dori-darmon tarqatilmoqda.

Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillarining ma’lumot berishicha, qishloqda seldan hech kim jabr ko‘rmagan. 5 6 ta xonadon hovlisiga kirib borgan loyqa suv tozalangan. Ekin maydonlariga ham yetmagan. Biroq sel qishloqqa olib kiruvchi taxminan 500 600 metr uzoqlikdagi yo‘lni butkul yuvib ketgan.

Sel yo‘ldan 1 metr balandlikda dengiz bo‘lib oqdi, deydi Ma’mur Akbarov. Yo‘lida uchragan narsani oqizib ketdi. Hatto aholi uylari orqasidagi qalin trubalarni ham oqizib ketdi.

Hududda yashovchi Ismoil Mo‘minovning qo‘shimcha qilishicha, qo‘shnisining 6 sotix yerda ekilgan kartoshka va piyozini ham sel yuvib ketgan. Ekin loyga botgan.

Kiritildi: 11:12 01.04.2019. O'qildi: 2406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!