Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qo‘shma Shtatlarning hujumi uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi

Qo‘shma Shtatlarning hujumi uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi

"AQSh Eronning tinch yadro dasturiga tegishli ob’ektlariga hujum qilish orqali xalqaro huquqni va yadroviy qurollarni tarqatmaslik rejimini qo‘pol ravishda buzdi", — deya bayonot berdi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi.

"Bugun ertalab yuz bergan voqealar g‘ayriinsoniydir va uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. BMTning har bir a’zosi bu nihoyatda xavfli, noqonuniy va jinoyatkorona harakatdan tashvishga tushishi kerak", — deb yozdi Aroqchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

"BMT Nizomida belgilangan, o‘zini mudofaa qilish huquqini ko‘zda tutuvchi qoidalarga muvofiq, Eron o‘z suvereniteti, manfaatlari va xalqini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarini saqlab qoladi", — deya qo‘shimcha qilidi Eron TIV rahbari.

Shu bilan birga, Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Qo‘shma Shtatlarning Erondagi yadro ob’ektlariga uyushtirgan hujumlari yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirishni talab qildi.

Kiritildi: 10:28 22.06.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!